Davlatimiz rahbarining "Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori ijrosini ta’minlash maqsadida SSVning tegishli buyrug‘i qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2025 yildan boshlab tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarga sog‘liqni saqlashtizimida maqbullashtiriladigan shtat birliklari hisobidan onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekologshifokori shtat birliklari kiritilmoqda.
Shuningdek, mobil va stasionar mammograflar ishini 2 ta smenadatashkil etish uchun rentgen-laborantlar ajratiladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridayuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Mammografiya tasvirini o‘qish markazi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amalga oshiriladigan ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha skriningnatijalari ushbu markazning yagona riding tizimiga integrasiya qilinadi.
Joriy yildan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida odampapilloma virusi diagnostikasi uchun qo‘llanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha referens-laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
2025 – 2030 yillarda Bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini nazorat qilish dasturi Sog‘liqni saqlashvazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublikaixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan o‘zaromuvofiqlashtirilgan holda sifatli amalga oshirilishi ta’minlanadi.
2025 yil 1 mayga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyotmarkazining hududiy filiallarini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvlarini o‘tkazish uchun tibbiyuskunalar, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining onkonazorat xonalarini zarur tibbiyjihozlar bilan ta’minlash ham ko‘zda tutilgan.