«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Kayl Uokerning Angliya kubogi doirasida bugun o‘tgan «Solford Siti»ga qarshi o‘yin (8:0) qaydnomasidan o‘rin olmagani asl sababini oshkor qildi.
O‘yindan oldin angliyalik 34 yoshli himoyachining qaydnomadan o‘rin olmaganini taktika bilan bog‘lagan Gvardiola uchrashuv yakunidan keyin asl sababni ma’lum qildi.
«Uoker ikki kun oldin menga xorijda o‘ynash uchun variantlarni ko‘rib chiqayotgani va faoliyatini yakunlamoqchiligini aytdi», - dedi Gvardiola.
Qayd etish joiz, angliyalik himoyachining jamoani tark etayotgani Abduqodir Husanovning transferini tezlashtirgan bo‘lishi mumkin.