Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro viloyat prokuraturasi, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari va “O‘zneftgazinspeksiya” mutaxassislari hamkorligida viloyatdagi metan quyish shoxobchalari o‘rganildi.

Aniqlanishicha, “D.A.” MCHJga qarashli 2 ta shoxobcha va “O.B.G.” MCHJga qarashli 1 ta shoxobchaga kelgan tabiiy gaz quvurlariga o‘rnatilgan “Avtopilot-PRO” rusumli gaz hisoblash uskunalari tekshirilganda, gaz hisoblagich uskunasidagi mavjud implyus trubkasiga o‘rnatilgan tamg‘ani gaz mahsulotlari quvurlarida o‘g‘irlik qilish maqsadida hech qanday hujjatsiz boshqa tamg‘aga almashtirib, implyus trubkasini mahkamlab, gaz o‘tish harakati pasayishi natijasida hisoblagich diafragmasidan o‘tayotgan gaz hajmini sun’iy ravishda kamaytirilgan holda ko‘rsatilishiga erishgan.

Buning oqibatida, “D.D.” MCHJga qarashli 2 ta shoxobcha tomonidan 11,1 mlrd. so‘mlik hamda “O.B.G.” MCHJga qarashli shoxobcha tomonidan 15,1 mlrd. so‘mlik jami 26,2 mlrd. so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-toroj qilinib, davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi va 207-modda 1-qismi hamda “D.D.” MCHJ va “O.B.G.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi doirasida 4 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:23 16.01.2023. O'qildi: 6996 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!