Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Huciylar Tramp o‘t ochishni to‘xtatishdan keyin ilk bor Isroilga zarba berishdi

 Huciylar Tramp o‘t ochishni to‘xtatishdan keyin ilk bor Isroilga zarba berishdi

Yamanning hutiy isyonchilari tomonidan juma kuni Isroil tomon otilgan ballistik raketa Isroilning markaziy qismida signallarni keltirib chiqardi va Ben Gurion ayeroportida vaqtinchalik operasiyalarni to‘xtatdi, deya xabar beradi mahalliy OAV.

Hujum AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar va Yaman hutiylari o‘rtasida sulh imzolanganini e’lon qilganidan uch kun o‘tib sodir bo‘ldi va bu Isroil uchun kutilmagan hol bo‘lgani aytilmoqda. Husiylar Vashington bilan kelishuvga qaramay , Isroilga qarshi hujumlarni davom ettirishga va’da berishdi.

18-martdan beri Isroil armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzgan va G‘azo sektorida jangovar harakatlarni qayta boshlaganidan so‘ng, husiylar yahudiy davlati hududiga 28 marta raketa hujumi uyushtirgan, shuningdek, bir necha o‘nlab jangovar uchuvchisiz uchoqlarni ishga tushirgan.

Yaman harakati voizi seshanba kuni Falastin anklavidagi gumanitar blokada bekor qilinmaguncha, guruh Isroilga raketa zarbalarini to‘xtatmasligini aytdi.

Kiritildi: 12:58 10.05.2025. O'qildi: 644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!