Bugun 9 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Huciylar Amerika samolyot tashuvchi kemasini urib tushirdimi?

 Huciylar Amerika samolyot tashuvchi kemasini urib tushirdimi?

Yamanning huciylari Qizil va Arab dengizlarida AQShning samolyot tashuvchi kemasi va ikkita harbiy esminetsiga hujum qilganini e’lon qildi. Husiylar bayonotida aytilishicha, bu harakat AQShning bir kechada sodir bo‘lgan hujumlariga javoban va G‘azo va Livan xalqini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Guruh USS Abraham Lincoln kemasiga zarba berish uchun dron va qanotli raketalardan foydalangan va «maqsadlariga muvaffaqiyatli erishgan», deyiladi bayonotda. Bundan tashqari, bayonotda qo‘shimcha qilinishicha, Qizil dengizda yana ikki amerikalik esminet hujumga uchragan.

Pentagon Yaman guruhi Bob al-Mandeb bo‘g‘ozini kesib o‘tgan Amerikaning ikki esminetsiga bir necha bor hujum uyushtirganini tasdiqladi.

Pentagon bayonotiga ko‘ra, hutiylar Amerika kemalariga kamida sakkizta dron, beshta ballistik raketa va uchta qanotli raketani nishonga olgan.

Seshanba kuni ertalab Qizil dengizdan o‘tayotgan tijorat kemasi yaqinida ko‘plab portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi, deya xabar beradi Buyuk Britaniya dengiz savdo operasiyalari (UKMTO).

Kiritildi: 14:46 13.11.2024. O'qildi: 2482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!