Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Huawei rahbari: kompaniyamiz "hayot va o‘lim o‘rtasida" turibdi!

Huawei rahbari: kompaniyamiz "hayot va o‘lim o‘rtasida" turibdi!

Huawei kompaniyasi asoschilaridan biri va rahbari Jen Chjenfey kompaniya hodimlariga Huawei “hayot va o‘lim o‘rtasida” turganini eslatib o‘tgan.

Shunga qaramay, texnogigant rahbari Huawei’ning gullab yashnashiga AQShning sanksiyalari to‘sqinlik qila olmasligini ishonch bilan aytib o‘tgan. Uning fikriga ko‘ra, AQShning kompaniyani “qora ro‘yxat”ga kiritgani amalda Huawei biznesiga ta’sir qilmaydi. Bu voqea aksincha, kompaniya o‘zi uchun muhim bo‘lmagan komponentlardan voz kechishiga sabab bo‘ldi.

AQSh adminstrasiyasi Huawei’ni Xitoy razvedkasi va xarbiylari bilan hamkorlikda va foydalanuvchilar ma’lumotini kuzatishda ayblagan. AQSh savdo vazirligi may oyida Huawei’ni amerikalik kompaniyalar bilan har qanday hamkorlik qilishini cheklagandi. Biroq, shu hafta Huawei’ning lisenziyasini yana 90 kunga uzaytirdi.

Kiritildi: 23:00 21.08.2019. O'qildi: 1567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!