Hozirda respublikada 5800dan ortiq baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritadi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi axborot xizmati rahbari Zilola Ro‘ziyeva ma’lum qildi.
Baliqchilik xo‘jaliklari 63 ming gektar sun’iy suv havza maydonlarida, 537 ming gektar tabiiy suv havzalarida baliq yetishtirish ishlari tashkil etilgan.
2023 yilda lichinka ishlab chiqarishga ixtisoslashgan quvvati 390 mln dona bo‘lgan 7 ta inkubasiya sexi ishga tushirilib, ularning soni 113 taga, quvvati 5,2 mlrd donaga yetkazildi.
Baliq chavoqlarini yetishtirishga ixtisoslashgan 270 gektar maydonda quvvati 14 mln dona bo‘lgan reproduktor havzalar ishga tushirilib, ularning quvvati 496 mln donaga, maydoni 7,6 ming gektarga yetkazildi.
Shuningdek, sovuq suv baliqlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklar soni 24 taga, quvvati esa 6000 tonnaga yetkazildi. Aynan shu yo‘nalishda o‘tgan yilda yangidan
5 ta loyihalar amalga oshirilib, 1,2 ming tonna yangi quvvatlar ishga tushirildi.