Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Hozir “kim kuchli bo‘lsa, o‘sha haq” o‘yini ketmoqda

Hozir “kim kuchli bo‘lsa, o‘sha haq” o‘yini ketmoqda

Bu haqda RF TIV rahbari Sergey Lavrov vazirlikning 2025 yildagi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Lavrov dunyodagi xalqaro tartib haqida to‘xtalib, shunday fikr bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir xalqaro munosabatlarda Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va Jahon savdo tashkiloti faoliyatiga asos bo‘lib kelgan umumiy qoidalar deyarli ishlamay qo‘ygan.

"G‘arb uchun qulay bo‘lgan dunyo tartibini belgilab turgan barcha qoidalar yo‘qqa chiqarilgan. Hozir esa “kim kuchli bo‘lsa, o‘sha haq” o‘yini ketmoqda", degan u.

“Biz butun global tartibda chuqur o‘zgarishlarga guvoh bo‘lmoqdamiz. So‘nggi 10 yilda G‘arb xalqaro huquqqa, uning asosiy, asl talqinida, qoidalarga asoslangan dunyo tartibi haqidagi o‘z konsepsiyasi bilan faol qarshi chiqqani juda ta’sirli. Bu atama endi butunlay ishlatilmay qolgani juda ta’sirli”, deya qo‘shimcha qildi Lavrov.

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!