Istanbul prokuraturasi Adnan Oktar va uning to‘dasi ustidan tergov jarayoni yakuniga yetganini va ayblov xulosasi tayyor bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Diniy mazmunda kitoblar chiqargan va ko‘rsatuvlar tayyorlagan, Horun Yahyo taxallusidan foydalangan Adnan Oktar va uning sheriklari o‘tgan yilning iyulida qo‘lga olingan edi. Shundan so‘ng ochilgan jinoiy ish bo‘yicha jami 226 gumondor tergov qilindi. Ular siyosiy yoki harbiy josuslikka urinish, jinsiy tajovuz, tahdid, shantaj, qurolli to‘da tuzish singari 24 ta jinoyat bo‘yicha ayblanmoqda.
Agar sud ayblov xulosasini qabul qilsa, tez orada Adnan Oktar va to‘dasi ustidan sudlov boshlanadi.