Bugun 31 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Hormuz bo‘g‘ozida minaga urilgan neft tankeri portlab ketdi

Hormuz bo‘g‘ozida minaga urilgan neft tankeri portlab ketdi

Hormuz bo‘g‘ozida Eron tomonidan belgilangan yo‘nalishdan tashqarida harakatlanayotgan kema minada portladi.

Tasnim axborot agentligi xabar berishicha, hodisadan so‘ng tankerda yong‘in sodir bo‘lgan.

Eron harbiy-dengiz kuchlari ma’lum qilishicha, voqea kunning birinchi yarmida Hormuz bo‘g‘ozining sharqiy qismida yuz bergan.

«Taqiqlangan va xavfli hududda harakatlanayotgan neft tankeri dengiz minalarida portlab, shikastlangan. Hormuz bo‘g‘ozi xavfli hududlardan kelishuvsiz o‘tishni rejalashtirayotgan kemalar uchun yopiq», — deyiladi Eron harbiy-dengiz kuchlari bayonotida.

Avvalroq AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eron ommaviy axborot vositalarida Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan tijorat kemalari dengiz minalarida portlagani haqida tarqalgan xabarlarni rad etgan edi. AQSh qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur hudud o‘q-dorilardan to‘liq tozalangan.

Bugun ertalab Buyuk Britaniyaning Dengiz savdo operasiyalari boshqarmasi (UKMTO) Hormuz bo‘g‘ozida, Ummonning Xasab shahri shimolidan 9 dengiz mili uzoqlikda hodisa sodir bo‘lgani haqida xabar tarqatdi.

Ta’kidlash joizki, Eron tomoni neft tankerlari Hormuz bo‘g‘ozida dengiz minalarida portlaganini iddao qilmoqda. UKMTO esa kemalarga kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan snaryad tekkanini bildirmoqda.

Kiritildi: 09:00 30.10.2026. O'qildi: 750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!