Ijtimoiy tarmoqlarda faqatgina Shota Rustaveli ko‘chasini qayta qurish uchun go‘yoki $198 mln. ajratilishi haqida tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Shahar hokimligi tushuntirishicha, mazkur summa faqat Shota Rustaveli ko‘chasiga emas, balki Amir Temur xiyoboni, Shahrisabz ko‘chasi va Olmazor tumanidagi bir necha muhim uchastkalarni qamrab olgan qurilish va ta’mirlash ishlariga yo‘naltiriladi.
Unga ko‘ra, birinchi bosqichda $50 mln evaziga faqat yo‘l emas, balki piyodalar va velosiped yo‘laklari, yoritish, sug‘orish, drenaj tizimlari hamda boshqa muhandislik infratuzilmalari ham yangilanadi.