Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Hizbullohning Suriya orqali qurol kontrabandasi yo‘li to‘xtatildi

Hizbullohning Suriya orqali qurol kontrabandasi yo‘li to‘xtatildi

Suriyada Bashar al-Assad rejimi ag‘darilganidan beri Isroil Suriyadagi ko‘plab harbiy ob’ektlarni vayron qildi, bu esa Erondan Livanga qurol kontrabandasi yo‘llarini ham to‘xtatgani aytiladi.

Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Hizbulloh terror tashkiloti rahbari Naim Kassem o‘z nutqida buni tasdiqladi: «Hizbulloh harbiy ta’minot yo‘lini yo‘qotdi». Biroq, uning aytishicha, bu Isroilga qarshi davom etayotgan kurashdagi «kichik tafsilot» xolos. Kassemning ta’kidlashicha, guruh «moslashuvchan» bo‘lib qolmoqda.

Eron ilgari Hizbullohning asosiy homiysi bo‘lgan va uni quruqlik yo‘llari orqali, jumladan, Suriya orqali yetkazib bergan. Tehron bilan ittifoqdosh bo‘lgan Suriya rejimining ag‘darilishi Eronning o‘zining asosiy dushmani deb bilgan Isroilga qarshi kurashdagi pozisiyasiga jiddiy zarba bo‘ldi.

Suriyadagi islomchilar boshchiligidagi isyonchilar koalisiyasi haqida gapirar ekan, Kassem: «Suriyadagi yangi hukumat Isroilni dushman deb biladi va u bilan munosabatlarni normallashtirmaydi, deb umid qilamiz», dedi.

O‘tgan oy sulh e’lon qilinishidan oldin Hizbulloh va Isroil o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lgan edi.

Suriyada hokimiyatni qo‘lga olgan «Hayat Tahrir ash-Shom» (HTS) koalisiyasi yetakchisi Abumuhammad al-Jo‘laniyning aytishicha, u va uning isyonchilari yangi mojarolardan manfaatdor emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyaning ko‘p yillik urush va vayronalardan keyingi holati yangi to‘qnashuvlar boshlanishiga imkon bermayapti. Al-Jolaniyning ta’kidlashicha, diplomatik yechimlar xavfsizlik va barqarorlikka erishishning yagona yo‘li va «shoshilinch harbiy sarguzashtlar» nomaqbuldir.

Ayni paytda Britaniyaning «Halo Trust» gumanitar tashkiloti xalqaro hamjamiyatni Suriya hududini tozalash va uning xavfsizligini ta’minlash uchun harakat qilishga chaqiradi.

«Uyga qaytgan suriyaliklar minalangan hududlar qayerda ekanligini bilishmaydi. Minalar dalalar, qishloqlar va shaharlar bo‘ylab tarqalib, odamlarni doimiy o‘lim xavfi ostida qolmoqda», — deyiladi tashkilot bayonotida.

Ayni paytda, tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyada millionlab piyodalarga qarshi minalar, portlamagan o‘q-dorilar va kassetali bombalar mavjud. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, minalarni to‘liq tozalash jarayoni o‘nlab yillar davom etishi mumkin.

Kiritildi: 22:47 15.12.2024. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!