Livandagi shialarning "Hizbulloh" harakati bosh kotibi Naim Qosimning aytishicha, Isroil buning aksini ko‘rsatishga urinayotganiga qaramay, tashkilot o‘z kuchini saqlab qolmoqda.
Uning aytishicha, "Hizbulloh" zaiflashdi deb o‘ylovchilar yanglishadi.
Qosim Isroilni Livanni zaiflashtirish va uning ichki ishlariga to‘siqsiz aralashish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun harakatni qurolsizlantirishga urinishda aybladi. U "Hizbulloh" qurol-yarog‘i faqat tashqi tajovuzni qaytarishga mo‘ljallangani va ichki mojarolarda ishlatilmasligini ta’kidladi.
Bosh kotibning aytishicha, Livan hukumati Isroilga ochiqchasiga qarshi turmoqda, bu esa uning fikricha, g‘alabadan darak beradi. U shuningdek, Isroil "Hizbulloh" bilan tuzilgan kelishuvlarni 2700 marta buzganini, harakat esa o‘z zimmasidagi majburiyatlarni to‘liq ado etganini ta’kidladi.
Qosim Isroilning okkupasiyani kengaytirish va butun Livanni bosib olishga intilayotganini, biroq barcha urinishlariga qaramay, urushda ko‘zlagan maqsadlariga erisha olmaganini alohida qayd etdi.