Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

«Hizbulloh» Livanni Isroil bilan muzokaralarni to‘xtatishga chaqirdi

«Hizbulloh» Livanni Isroil bilan muzokaralarni to‘xtatishga chaqirdi

«Hizbulloh» deputatlarini birlashtirgan parlamentdagi «Qarshilikka sadoqat» bloki Livan hukumatini Isroil bilan tuzilgan doiraviy kelishuvni bekor qilish va muzokara jarayonidan chiqishga chaqirdi.

Isroil o‘ldirishlar, vayronagarchiliklar, aholi punktlarini o‘qqa tutish, mamlakat janubidagi qishloqlar va yo‘llarni vayron qilishni davom ettirmoqda, deyiladi Livan parlamentida «Hizbulloh» nomidan chiqish qilayotgan fraksiyaning yozma bayonotida.

Hujjatda o‘tgan hafta Ansar va Deyr-ez-Zaxrani shaharlarida 11 kishi o‘ldirilgani, ularning olti nafari bir oila a’zolari bo‘lgani qayd etilgan.

«Qarshilikka sadoqat» bloki Livan hukumatidan muzokaralardan voz kechishni talab qildi. Deputatlar imzolangan doiraviy kelishuv unda belgilangan maqsad va shartlarning birortasiga erishish imkonini bermaganini ta’kidladi. Gap, avvalo, hujumlarni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini Livan hududidan olib chiqish haqida bormoqda.

Deputatlar AQSh ma’muriyatini ham Isroilning Livanga qarshi hujumlarini qo‘llab-quvvatlayotganlikda aybladi.

Livan va Isroil o‘rtasidagi doiraviy kelishuv tomonlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarning beshinchi bosqichidan so‘ng 26 iyun kuni Vashingtonda imzolangan edi.

2 martdan boshlab Isroil armiyasi Livan hududiga intensiv havo zarbalarini berdi, shu bilan birga qo‘shinlarini kiritib, mamlakat janubidagi ko‘plab shaharlarni egalladi.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu harbiy kampaniya boshlanganidan beri Isroil zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 4346 nafarga yetgan, yana 12 301 kishi jarohatlangan. Livan hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda majburan ko‘chirilganlar soni bir milliondan oshgan.

Livan va Isroil o‘rtasidagi sulh 17 aprel kuni kuchga kirgan va shundan beri bir necha bor uzaytirilgan. Biroq kelishuv amalda bo‘lishiga qaramay, Isroil armiyasi turli bahonalar bilan Livanning janubiy hududlariga zarba berishda davom etmoqda.

Kiritildi: 21:10 21.08.2026. O'qildi: 189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!