Bayrutga berilgan aviazarba oqibatida «Hizbulloh»ning yuqori martabali komandiri Nabil Kauk o‘ldirildi, deb xabar beradi Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL).
SAXALning ma’lum qilishicha, «Hizbulloh» harakatiga 1980 yillarda kelib qo‘shilgan Kauk «Isroil va uning fuqarolariga, jumladan, oxirgi kunlarda amalga oshirilgan terrorchilik hujumlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etgan».
Ta’kidlanishicha, Kauk «Hizbulloh»ning ichki xavfsizlik bo‘linmasini boshqargan. Harakat hozircha Kaukning o‘limini tasdiqlamadi.
28 sentyabrga o‘tar kechasi «Hizbulloh» tashkiloti rahbari va uning asoschilaridan biri Hasan Nasrulloh «Hizbulloh» janubiy fronti qo‘mondoni Ali Karki va boshqa «Hizbulloh» qo‘mondonlari bilan birga SAHAL tomonidan yo‘q qilindi.
Bayrutga hujumlarning so‘nggi to‘lqini Livan poytaxtining zich joylashgan janubiy chekkasidagi ko‘plab turar joy binolarini vayron qilgan. Natijada minglab odamlar uylarini tashlab ko‘chalarga chiqishga majbur bo‘lmoqda.