Bugun 30 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Hizbulloh Isroil hujumiga tayyor: «Jang uzoq davom etadi...»

Hizbulloh Isroil hujumiga tayyor: «Jang uzoq davom etadi...»

Hizbulloh Livanda quruqlikdan hujum bo‘lsa, Isroil qo‘shinlarini qaytara oladi, dedi Hizbulloh bosh kotibi o‘rinbosari Naim Qosim dushanba kuni.

«Jang uzoq davom etishi mumkin va biz harakat qilish imkoniyatlari bilan cheklanmaymiz. Agar dushman armiyasi quruqlikdan bostirib kirsa, biz tayyormiz, qarshilik kuchlari quruqlikdagi janglarga tayyor», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Livanning LBCI telekanali.

Qosimga ko‘ra, Isroil Hizbullohning harbiy salohiyatini pasaytira olmaydi, harakat yetakchilarining o‘rinbosarlari, shuningdek, zaxira kuchlari ham bor.

Qosim Isroil tomonidan hujumga uchragan harakat rahbariyatining yig‘ilishida 20 nafar yuqori martabali qo‘mondon ishtirok etgani haqidagi Isroil tomoni ma’lumotlarini rad etdi. Uning qayd etishicha, Hizbulloh tez orada yangi bosh kotibni saylaydi. «G‘alaba bizniki, bizga biroz sabr kerak», - deya xulosa qildi u.

Avvalroq The Wall Street Journal nashri manbalarga tayanib, Isroil mudofaa kuchlari shu haftada Livanda quruqlikdan hujum boshlashi mumkinligi, unga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Isroil maxsus kuchlari Livan hududiga bir necha bor kirib kelgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: Bugun 18:00. O'qildi: 1096 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!