Hizbulloh harakatning eng yuqori martabali yetakchilaridan biri Fuad Shukr vafot etganini rasman tasdiqladi.
🔸 Hizbulloh harakatning eng yuqori martabali yetakchilaridan biri Fuad Shukr vafot etganini rasman tasdiqladi. Avvalroq Hizbullohning matbuot xizmati u Bayrutning janubiy chekkasida Isroil tomonidan hujumga uchragan turar-joy binosida tashkilot harbiy iyerarxiyasidagi ikkinchi eng muhim shaxs ekanligini e’lon qilgan edi.
Bir qator arab telekanallari xabar berishicha, Fuad Shukrning jasadi hujum joyidan vayronalarni olib tashlash vaqtida topilgan. Uning shaxsini aniqlash uchun DNK testi o‘tkazildi.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hujumlar natijasida besh kishi, jumladan, uch ayol va ikki bola halok bo‘lgan, o‘nlab kishi jarohatlangan.