Xitoyning Sindao shahri aholisi qattiq qo‘rquv iskanjasiga tushib qolishdi. Yuzlab fuqarolar havoda paydo bo‘lgan ba’zi siluetlarni tomosha qilishdi.
Xabarda aytilishicha, osmonda ikki soat davomida g‘oyib bo‘lmaydigan bir shahar paydo bo‘lgan. Ba’zi xitoyliklar bu sirli anomaliya hodisasini kameralarga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu illuziya Xitoy shaharlarini muntazam ravishda qoplaydigan tutun bilan bog‘liq. Bu bug‘ natijasida quyoshdan kelyotgan nurlar osmonda turli shakllarni paydo qilgan bo‘lishi mumkin.
Foydalanuvchilar esa bu ko‘rinishni o‘zlaricha tushuntira boshladilar. Ulardan eng keng tarqalganlari quyidagilar:
* parallel dunyoga eshik ochildi;
* ko‘rinmas shahar ko‘rinmaslik xususiyatini yo‘qotdi.
Manba: planetanovosti.com