Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Hisob palatasi tuzilmasida tegishli lavozim hamda sho‘’balar tashkil etildi

A A A
Hisob palatasi tuzilmasida tegishli lavozim hamda sho‘’balar tashkil etildi

Hisob palatasi oliy darajadagi tashriflarda imzolangan hujjatlar ijrosini nazorat qiladi, deb yozadi O‘zA.

Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni, shuningdek, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar ishtirokidagi investisiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Hisob palatasiga quyidagi bir qator qo‘shimcha funksiyalar yuklatildi:

  • oliy darajadagi tashriflarda imzolangan hujjatlar va investisiya loyihalarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;
  • oliy darajadagi tashriflarda imzolangan hujjatlar va investisiya loyihalarining o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
  • chet-ellik hamkorlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar bilan «teleko‘prik» tashkil etish orqali oliy darajadagi tashriflarda imzolangan hujjatlar va investisiya loyihalarining ijrosini muntazam muhokama qilish.

Farmonga muvofiq, Hisob palatasi tuzilmasida bu bo‘yicha tegishli lavozim hamda sho‘’balar tashkil etildi.

Shuningdek, Farmon bilan Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar ijrosini ta’minlash masalalari bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi guruhi tasdiqlandi.

Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va investisiya loyihalarining ijrosi to‘g‘risidagi axborotning «Ijro.gov.uz» tizimi orqali o‘z vaqtida taqdim etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 14:00 01.11.2018. O'qildi: 1434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!