Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Hindistonning shimolidagi musson yomg‘irlari oqibatida 85 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning shimolidagi musson yomg‘irlari oqibatida 85 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Himachal-Pradesh shtatida uzluksiz yog‘gan kuchli musson yomg‘irlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 85 nafarga yetdi. Bu haqda Hindustan Times nashri mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.

Shtatdagi Favqulodda holatlarni boshqarish davlat markazi (SDMA) ma’lumotiga ko‘ra, 20 iyundan buyon hududda davom etayotgan kuchli yomg‘irlar toshqinlar, yer ko‘chkilari va yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘lgan. Oqibatda insonlar hayoti va mulkiga jiddiy ziyon yetgan.

Kiritildi: 18:24 10.07.2025. O'qildi: 650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!