Hindistonlik qiz Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng uzun sochli o‘spirin sifatida kirdi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobining rasmiy saytida xabar berilgan.
18 yoshli Nilanshi Patel birinchi marta 2018 yil 21 noyabrda o‘smirlar orasida eng uzun soch egasi sifatida tan olinganligini aytdi. O‘shandan beri u ikki marta o‘z rekordini yangiladi. Ikki yil oldin uning sochlari 1,7 metr uzunlikda edi, ammo o‘shandan beri yana 30 santimetr o‘sgan.
Patel sochlarini o‘stirishni olti yoshida boshlagan. «Men sochimni kesgandim va juda yomon ko‘rinishga kelgandi. Shundan so‘ng hech qachon sochimni kesmaslikka qaror qildim. Olti yoshimdan beri sochlarimga tegmaganman», – deya izoh berdi u.
Ayni paytda, qiz boshqa yosh toifasida jahon rekordini o‘rnatish uchun sochlarini o‘stirishni davom ettirishga qaror qilmagan.