Umumiy hisobda 200 dan ortiq odam zaxarlangan, 10 kishi vafot etgan, qurbonlar orasida kran suvi bilan aralashtirilgan sigir suti berilgan 5 oylik chaqaloq ham bor.
OAV xabariga ko‘ra, Indor shahrining suv ta’minot quvuridagi nosozlik oqibatida kanalizasiya oqavalari ichimlik suviga aralashib ketgan.
Ma’lum qilinishicha, nosozlik bartaraf etilgan, hududda shifokorlar guruhi ishlamoqda va aholiga suvni tozalash uchun xlor tabletkalari tarqatilmoqda.