Hindistonning Uttarakxand shtatida yakshanba kuni ertalab vertolyot halokatga uchradi, yetti kishi halok bo‘ldi. Kedarnathdan Guptkarshiga uchayotgan vertolyot Aryan Airlines xususiy shirkatiga tegishli edi. Bu haqda News18 telekanali xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, halokatga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lishi mumkin. Voqea joyida qutqaruv xizmatlari va polisiya ishlamoqda.
Shtat bosh vaziri Pushkar Singx Dhami hamdardlik bildirdi:
"Vertolyot halokati haqida juda qayg‘uli xabar olindi. Mahalliy hokimiyat va qutqaruv guruhlari qidiruv va qutqaruv ishlarida ishtirok etmoqda".