Hindiston poytaxtida to‘rt qavatli bino qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
"NDTV" telekanali ma’lumotiga ko‘ra, 14 kishi qutqarib olingan.
Mahalliy polisiya vakili Sandip Lamba aytishicha, taxminan 8-10 kishi hamon vayrona ostida.
Tabiiy ofatga qarshi kurash milliy kuchlari qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.
Dehli munisipaliteti rahbari Mahesh Kumar Xinchi mas’ul rasmiylarga tergov boshlash va e’tiborsizligi aniqlanganlarni lavozimidan olishni topshirgan.