Hindiston polisiyasi Samsung electronics zavodining ish tashlagan 104 nafar ishchisini hibsga oldi.
Mahalliy polisiyaga ko‘ra, qo‘lga olinganlar tegishli ruxsatnomasiz norozilik aksiyasi o‘tkazishni rejalashtirgan.
Hibsga olinganlar Tamilnadu shtatining Chennay yaqinidagi Samsung maishiy texnika zavodida ish tashlashgan.
Ishchilar etti kun davomida ish tashlash e’lon qilib, Samsung kompaniyasining Hindistondagi yillik 12 milliard dollarlik daromadining uchdan bir qismini tashkil etuvchi ishlab chiqarishni to‘xtatdilar.
O‘tgan haftadan beri Samsung ishchilari ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishchilar qo‘llab-quvvatlovchi kasaba uyushmasini tan olishni talab qilmoqda.
Samsung kasaba uyushmalarini tan olishga intilmayapti va vaziyatga izoh bermadi.
Biroq 13 sentyabr kuni u Chennaydagi zavod ishchilari bilan masalani tezroq hal qilish uchun muzokara boshlaganini ma’lum qildi.