Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Hindistonda quturgan fil odamlar to‘dasiga hujum qildi

Hindistonda quturgan fil odamlar to‘dasiga hujum qildi

Hindistondagi festivalda g‘azablangan fil mahalliy aholiga hujum qildi. Bu haqda NDTV xabar bermoqda.

«Kamida 17 kishi jarohatlangan, ulardan biri og‘ir ahvolda», — deyiladi xabarda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Kerala shtatining Malappuram tumanida har yili o‘tkaziladigan festival vaqtida yuz bergan. E’lon qilingan kadrlarda maydonda kamida beshta fil bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ulardan biri to‘satdan olomon orasiga kirib borib, bir kishini xartumi bilan ushlab olgan va u yoqdan-bu yoqqa silkita boshladi.

Hodisadan keyin jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Qayd etilishicha, odamlar olgan jarohatlarning aksariyati hayvonning harakatlari tufayli paydo bo‘lgan taloto‘p natijasida yuzaga kelgan.

Kiritildi: 00:50 09.01.2025. O'qildi: 557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!