Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Hindistonda olti inson tomoqlarini varrak iplari kesib tashlashi oqibatida halok bo‘ldi

A A A
Hindistonda olti inson tomoqlarini varrak iplari kesib tashlashi oqibatida halok bo‘ldi

Hindistonda oltita inson xalqaro varraklar festivali chog‘ida tomoqlarini varrak iplari kesib tashlashi oqibatida halok bo‘ldi, deb yozmoqda CNA.

Hodisalar Gujarat shtatida sodir bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, ba’zi dam oluvchilar o‘z varraklari uchun shisha bilan qoplangan o‘tkir tutqichlardan foydalangan. Natijada bir necha fuqarolar ularga o‘ralashib qolgan.

Qurbonlarning eng kichigi otasi bilan velosipedda ketayotganda bo‘ynini varrak ipi bilan kesib olgan ikki yoshli qizcha edi. Shunga o‘xshash vaziyat yetti yoshli bolada, shuningdek, uchta katta yoshli erkak bilan sodir bo‘lgan. Baxtsiz hodisaning oltinchi qurboni onasi bilan uyga ketayotgan yosh qiz edi.

Qayd etilishicha, o‘tkir iplar tufayli odamlardan tashqari, yuzlab qushlar va hayvonlar ham jabrlangan.

Kiritildi: 09:30 19.01.2023. O'qildi: 4299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!