Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Hindistonda "G‘azoni ozod qiling, Falastinni ozod qiling" shiorlari uchun odamlar hibsga olindi

Hindistonda "G‘azoni ozod qiling, Falastinni ozod qiling" shiorlari uchun odamlar hibsga olindi

Hindistonning shimoliy Uttar-Pradesh shtatida "G‘azoni ozod qiling, Falastinni ozod qiling" shiorlarini osib qo‘ygani uchun yetti kishi hibsga olingani haqida The Times of India gazetasi mahalliy polisiyaga tayanib xabar bermoqda.

Gazeta polisiya zobiti Baniyatayr Ram Vir Singxning so‘zlaridan iqtibos keltirgan: "Shiorlar Isroil tovarlarini boykot qilishga chaqirgan". U yana hibsga olinganlar videokuzatuv kameralari yordamida qo‘lga olinganini qo‘shimcha qilgan.

Sambhal tumanidagi bu hibsga olishlar Bosh vazir Narendra Modi hukumati Falastin tarafdorlarining namoyishlarini bostirgan bir paytda sodir bo‘ldi. Ayni paytda, hindu o‘ta o‘ng guruhlarining Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi yig‘ilishlariga ruxsat berilgan.

Shuningdek, Nyu-Dehli Xalqaro sudda Isroilga qarshi genosid ishi ko‘rilayotganiga qaramay, Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib bermoqda.

Modi va Netanyahu davrida Hindiston va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar ayniqsa tez rivojlandi.

Kiritildi: 22:18 21.04.2025. O'qildi: 1043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!