Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Hindistonda COVID-19ni davolash uchun eng yirik shifoxonalardan biri ochildi

Hindistonda COVID-19ni davolash uchun eng yirik shifoxonalardan biri ochildi

Hindiston poytaxti Dehlida koronavirus bilan kasallangan odamlarni davolash uchun dunyodagi eng yirik shifoxonalardan biri ochildi.

Yangi tibbiyot muassasasi 10 ming kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, chorshanbadan to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi.

Hindistonning boshqa, infeksiyaning eng katta o‘choqlaridan biriga aylangan Mumbay shahrida esa shifokorlar infeksiyaning manbalarini aniqlash uchun turar-joy binolarini tekshirishga kirishishadi.

Polisiya allaqachon virus tarqalishini sekinlashtirish uchun shaharning ba’zi joylarida cheklovlarni joriy etgan.

Eslatib o‘tamiz, Hindiston koronavirus bilan kasallanishlar soni bo‘yicha dunyoda 4 o‘rinda turadi. Pandemiya boshlangandan beri mamlakatda 500 mingdan ortiq holat qayd etilgan. 16 ming kishi qurbon bo‘lgan.

 

 

Kiritildi: 23:00 29.06.2020. O'qildi: 1736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!