Hindistonda «Carakanlar partiyasi» deb nomlangan siyosiy norozilik harakati asoschisi Abhijit Dipke hibsga olindi. Bu haqda harakat matbuot xizmati xabar berdi.
Harakat ma’lumotiga ko‘ra, Abhijit Dipke va partiya vakili Ashutos Ranka samolyotda hibsga olingan. Hindistonning ANI axborot agentligi esa Dipke Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida qo‘lga olinganini aniqlashtirgan.
«Carakanlar partiyasi» 2026 yil may oyida Hindiston Oliy sudi raisi Surya Kantning ishsiz yoshlarni tarakanlarga qiyoslagan bayonotiga satirik norozilik sifatida tashkil etilgan.
Harakat qisqa vaqt ichida millionlab tarafdorlarni jalb qilgan va muxolifat siyosatchilarining qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lgan. Abhijit Dipke iyun oyida ta’lim islohotlarini talab qiluvchi namoyishlarni tashkil etish uchun AQShdan Hindistonga qaytgan edi.