Amerikalik mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan Air India aviakompaniyasining Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti halokatiga oid tergov hozircha jihozlar bilan bog‘liq muammolar aniqlanmadi, aksincha, uchuvchi xatosiga ishora qilmoqda.
Bu haqda AQShdagi rasmiy manbalarga tayanib, Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Avvalroq Economic Times gazetasi tergovdan xabardor manbalarga tayanib, Hindiston halokatga uchragan samolyotdan AQShga dekodlash va tahlil qilish uchun ikkita registrator jo‘natishi haqida xabar bergan edi. Tergovda AQShning Transport xavfsizligi milliy kengashi ham ishtirok etmoqda.
"Tekshiruvning dastlabki natijalari shuni ko‘rsatadiki, samolyotning ikkita dvigateliga yonilg‘i yetkazib berishni boshqaruvchi kalitlar o‘chirilgan, bu esa havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, tortishish kuchining yo‘qolishiga olib kelgan", - dedi manbalar Wall Street Journal bilan suhbatda.