Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Hindiston va Pokiston chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Hindiston va Pokiston chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Hindiston va Pokiston qo‘shinlari Jammu va Kashmirdagi nazorat chizig‘i bo‘ylab o‘q uzdilar.

Bu haqda Hindistonning PTI agentligi armiyadagi manbaga tayanib xabar berdi.

"Nazorat chizig‘i bo‘ylab Pokiston tashabbusi bilan ba’zi joylarda o‘q otishma sodir bo‘ldi”, — dedi manba. "O‘q otishga samarali javob qaytarildi", deb qo‘shimcha qildi u.

Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Pokiston armiyasining o‘qqa tutilishi 26 nafar tinch aholining hayotiga zomin bo‘lgan Pahalgam terakti yuzasidan tomonlar o‘rtasida keskinlik kuchaygan bir paytda sodir bo‘ldi, deya xabar beradi agentlik.

Terakt ortidan mintaqada ham aksilterror amaliyotlari olib borilmoqda. Hindiston xavfsizlik kuchlariga ko‘ra, kecha tunda terrorchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan.

Kiritildi: 10:40 25.04.2025. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!