Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Hindiston shimolida odamxo‘r bo‘rilar to‘dasi bolalarga hujum qilmoqda

Hindiston shimolida odamxo‘r bo‘rilar to‘dasi bolalarga hujum qilmoqda

Hindiston shimolida, Uttar-Pradesh shtatida tunda odamxo‘r bo‘rilar to‘dasi baland shakarqamish dalalaridan chiqib bolalarga hujum qilmoqda. Bu haqda AZERTADJ xabar berdi.

Kamida 10 nafar bola halok bo‘ldi, deydi o‘rmon xo‘jaligi rasmiylari.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, odamlar va yovvoyi hayvonlar o‘rtasidagi ziddiyat iqlim inqirozi va yovvoyi tabiatning nobud bo‘lishi tufayli kuchaygan. Kuchli yog‘ingarchilik tufayli mahalliy Ghaggar daryosi toshib ketgan. Yirtqichlar odatdagi yashash joylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Ular an’anaviy o‘ljalarini yo‘qotib, odamlarning yashash joylariga kirib bormoqda.

Vaziyat mahalliy aholining o‘zini hujumlardan himoya qila olmasligi bilan yanada og‘irlashyapti - ular yirtqichlar bemalol kirib borishi mumkin bo‘lgan tomlari somonli eshiksiz uylarda tunaydilar.

Hindiston aholisining yovvoyi tabiatga tajovuzi tobora ortib boryapti, bu odamlar va hayvonlar to‘qnashuvi ehtimolini oshiryapti, deb yozadi The Independent.

Kiritildi: 23:25 05.09.2024. O'qildi: 1324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!