Agentlik manbalarining xabar berishicha, qurol savdosi bir yildan buyon davom etmoqda. Rasmiy ravishda Nyu-Dehli Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol yetkazib berayotganini rad etmoqda.
"Hindiston artilleriya snaryadlarini sotishda davom etmoqda, bu esa yevropalik xaridorlar, jumladan, Italiya va Chexiya orqali Ukrainaga yetib boradi", deyiladi xabarda.