Hindiston mamlakat shimoli va g‘arbida avvalroq Pokiston bilan ziddiyat tufayli yopilgan 32 ta aeroportni ochdi, deb xabar bermoqda News18 telekanali.
Hindiston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Sunil Bartval Jammu va Kashmirdagi Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi to‘qnashuv chizig‘ida kecha tinch o‘tganini va voqea sodir bo‘lgani haqida xabar berilmaganini aytdi.
Avvalroq Hindiston rasmiylari Pokiston bilan munosabatlar keskinlashgani sababli mamlakatdagi 487 ta aeroportdan 32 tasi yopilganini ma’lum qilgan edi.
6 may kuni kechqurun Hindiston “Sindur” harbiy operasiyasi o‘tkazilishini e’lon qildi, uning doirasida mamlakat qurolli kuchlari Pokiston va Kashmirning Pokiston qismidagi to‘qqizta “terrorchilik infratuzilmasi” ob’ektlariga raketa zarbalari berdi. Bunga javoban Pokiston harbiylari Hindistonning beshta shahriga zarbalar berdi. Shundan so‘ng tomonlar zarbalar almashishda davom etishdi. 10 may kuni tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldilar.