Hindiston Pokiston bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqishi mumkin. Bu haqda NEWS18 xabar berdi.
Hind tomonining bayonotiga ko‘ra, mamlakat o‘z chegaralari va tinch aholisini himoya qilishga to‘la haqli.
Paxalgamda sodir etilgan so‘nggi terrorchilik hujumi Islomobodning ekstremizmga qarshi kurasha olmayotganini ko‘rsatmoqda.
2021 yil 25 fevralda kuchga kirgan otishmani to‘xtatish kelishuvi ikki tomon o‘rtasidagi taranglikni yumshatishga qaratilgan edi. Unga ko‘ra, har qanday kutilmagan vaziyat tezkor aloqalar va chegaradagi uchrashuvlar orqali hal qilinishi kerak edi.
Hozir esa Hindiston bu kelishuv samara bermayotganini va vaziyatni qayta ko‘rib chiqish lozimligini ma’lum qilmoqda.