Hindiston Pokistondan tovarlar importi va tranzitini taqiqladi Hindiston hukumatining tashqi savdo departamenti farmoyishiga ko‘ra, Hindiston Pokistondan tovarlar importi va tranzitini taqiqladi.
"Pokistonda ishlab chiqarilgan yoki undan eksport qilinadigan barcha tovarlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita importi yoki tranzitiga keyingi ko‘rsatmalarga qadar taqiq joriy etilmoqda," - deya xabardan iqtibos keltiradi TASS.
Qayd etilishicha, farmoyish Hindiston milliy xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlab kiritilgan.