Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Hindiston Pokiston bilan mojaroda samolyotlarini yo‘qotganini tasdiqladi

Hindiston Pokiston bilan mojaroda samolyotlarini yo‘qotganini tasdiqladi

Hindiston Qurolli Kuchlari shtabi boshlig‘i general Anil Chauxan Pokiston bilan bo‘lgan mojaroda bir nechta samolyot yo‘qotilganini tasdiqladi.

Hindiston Qurolli Kuchlari shtabi boshlig‘i general Anil Chauxanning Bloomberg agentligiga ma’lum qilishicha, mamlakat Pokiston bilan mojarolar chog‘ida bir nechta harbiy samolyotini yo‘qotgan.

"Eng muhimi — samolyotlar qulagani emas, balki nima sababdan qulagani," — dedi u.

General, shuningdek, Pokistonning Hindistonga tegishli olti samolyot urib tushirilgani haqidagi bayonotlarini butunlay asossiz deb atadi. Shu bilan birga, Hindiston armiyasi aniq nechta jangovar samolyot yo‘qotganini ochiqlamadi.

10-may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp mojaro ishtirokchilarini o‘t ochishni to‘xtatishga ko‘ndira olganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Agence France-Presse (AFP) axborot agentligi Hindiston va Pokiston may oyi oxirigacha tinchlik davridagi pozisiyalariga qo‘shinlarni qaytarishga kelishib olganini xabar qildi.

Kiritildi: 14:09 01.06.2025. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!