Hindiston Rossiya so‘rovlariga qaramay, Ukrainaga artilleriya snaryadlarini yetkazib berishni to‘xtatgani yo‘q, deb xabar bermoqda Reuters manbalarga tayanib. Aytilishicha, Moskva bu masalani Nyu-Dehli bilan kamida ikki marta muhokama qilgan, ammo yetkazib berish davom etmoqda.
O‘q-dorilar Kiyevga Chexiya va Italiya kabi Yevropa davlatlari orqali yetkaziladi. Shuningdek, snaryadlarni ishlab chiqarish uchun hind komponentlarini Ispaniya va Sloveniya orqali yetkazib berish mumkin.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston davlat korxonalari Ukraina uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi, bu esa Moskvada xavotir uyg‘otgan.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hindistonlik hamkasbi bilan muzokaralar chog‘ida bu masalani ko‘tardi.
Urush paytida Rossiya ham, Ukraina ham artilleriya snaryadlari etishmasligiga duch keldi.
Moskva o‘z ishlab chiqarishini ko‘paytirish va Shimoliy Koreya va Erondan ta’minot olish orqali kamomadni qoplashga harakat qilmoqda, Ukraina esa G‘arb davlatlarining yordamiga tayanmoqda.