Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Hindiston koinotga eng og‘ir harbiy aloqa sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

Hindiston koinotga eng og‘ir harbiy aloqa sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

Vazni 4,4 tonna bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh LVM3 raketasi yordamida geostasionar orbitaga chiqarilgan.

Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) mamlakat harbiy-dengiz kuchlari uchun mo‘ljallangan eng og‘ir aloqa sun’iy yo‘ldoshi — GSAT-7R'ni koinotga muvaffaqiyatli uchirdi. Vazni 4,4 tonna bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh LVM3 raketasi yordamida geostasionar orbitaga chiqarilgani haqida “TASS” xabar berdi.

Hindiston Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, GSAT-7R sun’iy yo‘ldoshi harbiy-dengiz kuchlarining operativ salohiyatini sezilarli darajada kuchaytiradi. Qurilma orqali kemalar, samolyotlar, suv osti kemalari hamda Harbiy-dengiz kuchlarining qo‘mondonlik va nazorat markazlari o‘rtasida yuqori sifatli va uzluksiz aloqa ta’minlanadi.

Mazkur loyiha Hind okeanidagi harbiy-strategik imkoniyatlarni mustahkamlash va mintaqadagi xavfsizlikni oshirishga xizmat qiladi.

Kiritildi: Bugun 13:44. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!