Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hindiston bosh vaziri: "Rossiya-Ukraina mojarosini telefon orqali hal qilib bo‘lmaydi"

Hindiston bosh vaziri: "Rossiya-Ukraina mojarosini telefon orqali hal qilib bo‘lmaydi"

Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar Rossiya ishtirok etmaguncha hech narsaga olib kelmaydi. Bu haqda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi shunday dedi.

"X" ijtimoiy tarmog‘ida nashr etilgan bloger Lex Fridman bilan suhbatda Hindiston hukumati rahbari shunday dedi: "Ukraina ham, Rossiya ham muzokaralar stoliga o‘tirgandagina yechim topiladi. Ukraina ittifoqchilari bilan son-sanoqsiz munozaralar olib borishi mumkin, ammo bu hech qanday natija bermaydi. Muhokamalarda ikkala tomon ham ishtirok etishi kerak".

Modi "hozirgi vaziyat Ukraina va Rossiya o‘rtasida mazmunli va samarali muzokaralar o‘tkazish uchun imkoniyat yaratayotganini" ta’kidladi.

"Ko‘p azob-uqubatlar bo‘ldi. Hatto global janub ham jabr ko‘rdi. Dunyo oziq-ovqat, yoqilg‘i va minerallar inqirozi bilan kurashmoqda. Shunday ekan, jahon hamjamiyati tinchlik yo‘lida birlashishi kerak. Menga kelsak, men doimo tinchlik tarafdoriman, deb ta’kidlaganman. Men neytral emasman. Mening pozisiyam bor - tinchlik. Va men tinchlikka intilaman", deya xulosa qildi Hindiston Bosh vaziri.

Kiritildi: 21:55 16.03.2025. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!