Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Hindiston AQShning Chevron kompaniyasidan Venesuela neftini sotib oldi

Hindiston AQShning Chevron kompaniyasidan Venesuela neftini sotib oldi

The Economic Times xabar berishicha, Hindiston 2023 yildan beri birinchi marta AQShning Chevron kompaniyasi orqali Venesuela neftini xarid qildi.

Ma’lum qilinishicha, sotib olingan Merey markali neft bir barreli uchun kelishilgan narx Brent crude etalon nefti narxidan taxminan 15 dollarga past bo‘lgan.

Avvalroq, Hindiston kompaniyalari AQSh bilan erishilgan kelishuv doirasida Rossiya neftini sotib olishni cheklagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik AQSh prezidenti Donald Trump Rossiya nefti xaridi sabab joriy etilgan 25 foizlik bojlarni bekor qilgani aytilgan.

Mutaxassislar fikricha, arzon Venesuela nefti xaridi Hindistonning energiya manbalarini diversifikasiya qilishga qaratilgan siyosati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 20:40. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!