Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

“Himoya orderi“ni voyaga yetmagan shaxslar ham olishi mumkinmi?

“Himoya orderi“ni voyaga yetmagan shaxslar ham olishi mumkinmi?

Huquqiy munosabat

Endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar my.gov.uz portali orqali “Himoya orderi“ni olishga onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Xo‘sh, aslida kimlar “Himoya orderi”ni olishi mumkin bo‘ladi? Murojaatlar qanday ko‘rib chiqiladi?

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyev bu bo‘yicha tushuntirish berdi:

– “Himoya orderi” murojaati profilaktika inspektoriga taqdim etilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida ko‘rib chiqiladi. Himoya orderi zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan bir qator cheklovlar qo‘yadi. “Himoya orderi”ni zo‘ravonlikka yoki tazyiqqa uchragan ayollar, voyaga yetmaganlar olishi mumkin. Bunda ichki ishlar organlari (IIB), mahalla fuqarolar yig‘ini, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiya hamda tuman(shahar) prokuraturasiga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat ariza yozish orqali yoki og‘zaki topshirilishi mumkin. Jabrlanuvchi yoki uning yaqin qarindoshlari, qonuniy vakillari O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, jumladan, my.gov.uz orqali onlayn murojaat qilishlari mumkin.

Profilaktika inspektori ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari tomonidan taqdim etilgan yoki YIDPX orqali kelib tushgan murojaatlar va xabarlarni 24 soat mobaynida o‘rganib chiqadi. Himoya orderi 30 kunga beriladi hamda berilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Kiritildi: 16:55 13.01.2025. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!