Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Hilol Nasimovning «Meros» filmi xalqaro festivalda ishtirok etadi

Hilol Nasimovning «Meros» filmi xalqaro festivalda  ishtirok etadi

Hilol Nasimovning «Meros» filmi 12-15 may kunlari Limada (Peru) bo‘lib o‘tadigan INCA IMPERIAL INTERNATIONAL FILM FESTIVAL xalqaro festivalida ishtirok etadi. Film O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan.

«Meros» filmi o‘zbek va qozoq xalqlarining azaliy do‘stligi, an’ana va e’tiqodlarining mushtarakligi haqida hikoya qiladi.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Hilol Nasimov, ikkinchi rejissyor Mashrab Aliqulov, postanovkachi operator Xusan Aliyev, bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, postanovkachi rassom Fazliddin Turdiyev.

Kiritildi: 22:05 07.05.2022. O'qildi: 3638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!