Bugun 16 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Hijob islomiylik g‘alabasining «belgisi»

Hijob islomiylik g‘alabasining «belgisi»

Fransiya ichki ishlar vaziri Bruno Retaylo musulmonlar ro‘molini kiyishni cheklash bo‘yicha yangi tashabbus bilan chiqdi. BFMTV telekanaliga bergan intervyusida u hijob «islomiylik g‘alabasi»ning «belgisi» ekanligini aytdi.

«Maktab o‘quvchilariga hamrohlik qiladigan bo‘lsak, devor ichida hijob ta’qiqlangan maktab, devor tashqarisida esa maktab bor. Men darsdan tashqari mashg‘ulotlarda hijobni taqiqlash kerak, deb hisoblayman», — ta’kidladi vazir.

Retaylo, shuningdek, sport tadbirlarida hijob kiyishni taqiqlashni yoqlab, «barcha diniy, siyosiy yoki kasaba uyushmalari ramzlari bizni birlashtirgan sport qadriyatlariga zid», deb ta’kidladi.

«Hijob kiyishni shunchaki erkinlik belgisi sifatida qo‘llab-quvvatlovchilarga Eronga borishni taklif qilaman. Nima uchun yosh ayollar ro‘molini echish erkinligi uchun u yerda o‘lishadi?», dedi vazir.

Yevropada islomofobiyaga qarshi jamoa (CCIE) ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda qayd etilgan 527 ta islomofobik harakatning 80 foizi hijobli musulmon ayollarga qarshi qaratilgan.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!