Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “I.A.” MCHJ Sardoba filiali xodimi R.R. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, unga Jizzax viloyati IIBda ishlovchi tanishlari yordamida V.S. toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Xo‘jayli tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “J.J.” MCHJ xodimlari M.P. va B.B. fuqaro I.M.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan qo‘yish evaziga 4 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:54 29.03.2023. O'qildi: 1224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!