Tadqiqotda 3000 ta shaharni qamrab oldi va 64 foizida maksimal ifloslanish kuzatildi.
O‘zbekiston 2018 yilda havosi ifloslangan mamlakatlar ro‘yxatida 16-o‘rinni egalladi.
Ta’kidlanishicha, Bangladesh, Pokiston va Hindiston havosi eng iflos davlatlar deb topilgan. Havosi eng toza mamlakatlar deb esa Avstraliya, Finlyandiya va Islandiyada e’tirof etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iflos havo tufayli har yili kamida 7 mln kishi nobud bo‘ladi, qolaversa, bu orqali jahon iqtisodiyotida 225 mlrd zarar yetadi.