Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Havodagi koronavirusni aniqlaydigan vosita yaratildi

Havodagi koronavirusni aniqlaydigan vosita yaratildi

N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi havodagi koronavirus infeksiyasini aniqlaydigan moslamani ixtiro qildi. Bu haqda Translyasion biotibbiyot laboratoriyasi mudiri Artem Tkachuk ma’lum qildi.

«RIA Novosti» axborot mahkamasining xabar qilishicha, yangi moslama havo muhitida “har qanday patogen biologik unsurlarni, jumladan, koronavirus zarrachalarini ham aniqlay oladi”. Moslama ustida 2015 yildan beri ish borilayotgan edi. Moslama kun davomida inson aralashuvisiz ham ishlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi koronavirusga qarshi dunyoda birinchi vaksinani ixtiro qilgan. «Sputnik V» vaksinasi dastlabki sinovlarda samarali va xavfsiz ekani aniqlanmoqda.

Markazdan xabar qilishlaricha, barcha ko‘ngillilarda COVID-19 antitanachalari ishlab chiqarila boshlagan va hech kimda jiddiy nojo‘ya ta’sir alomatlari kuzatilmagan. 30 sentyabrdan boshlab, Moskvada preparatni sinovdan o‘tkazish doirasida koronavirusga qarshi emlashning ikkinchi bosqichi boshlangan.

 

Kiritildi: 05:30 04.10.2020. O'qildi: 2371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!