Kreditlar vaqtida qaytarilmaganligi oqibatida banklarning da’vo arizalariga asosan qarzdorliklar sud tartibida majburiy undirilmoqda.
Byuroning Jondor tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatga ko‘ra, undiruvchi XAB “Transbank” Buxoro filiali foydasiga Jondor tumanida yashovchi qarzdor fuqarodan 25,4 mln. so‘m kredit qarzi undirish belgilangan.
Berilgan ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talablari bajarilmagach, qarzdor nomidagi mulklarga taqiq qo‘yilib, “HAVAL” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli avtomashina topilib, evakuator xizmatidan foydalangan holda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Hozirda, ijro harakatlari davom etmoqda.