05.07.2019 yildagi PF–5759-sonli Prezident Farmoniga binoan, harbiy tavsiyanoma olgan abituriyentlarga oid ayrim o‘zgarishlar kiritildi.
Endilikda harbiy tavsiyanoma faqat faqat oliy harbiy ta’lim muassasalarida to‘plagan ballning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz beradi.
Harbiy bo‘lmagan OTMlarga topshirilganda esa tavsiyanoma uchun hech qanday ball qo‘shilmaydi. Lekin garchi ball qo‘shilmasa ham, boshqacha ko‘rinishdagi imtiyoz beriladi. Ya’ni umumiy kvotaning 5%i miqdorida harbiy tavsiyanomachilar uchun alohida kvota ajratiladi. Tavsiyanoma olganlar dastlab o‘sha 5% kvota ichida o‘zaro kurashadi, agar unga kira olmasa, keyin olgan bali bo‘yicha umumiy kvotaga o‘tib, omadini sinab ko‘radi.